Agar tariximizga nazar tashlar ekanmiz, yurtimizda bo‘lgan ikki Renessans davrida ham ilm nihoyatda qadrlangan edi. IX-XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan birinchi Sharq Uyg‘onish davrida yuzlab buyuk allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning aqlu zakosi umumbashariyat taraqqiyotiga mislsiz hissa qo‘shgan. Bu esa o‘z navbatida, ilm¬ga eʼtiborning samarasi edi. O‘sha davr hukmron hokimiyati bunga sharoit yaratib bergandi. Yoki XIV- XVI asrlardagi ikkinchi Sharq Uyg‘onishi yoxud tarixda ¬“Temuriylar Renessansi” deya nom olgan davrda ilm¬ning qanchalik qadrlanganini, birgina misolda, “Temur tuzuklari”dagi ushbu jumlalarni keltirish orqali isbotlash mumkin. Unda shunday yozilgan: “Kimning aql-shijoatini sinov tarozisida tortib ko‘rib, boshqalarnikidan ortiqroqligini bilsam, uni tarbiyamga olib, amirlik darajasiga ko‘tarar edim. So‘ngra ko‘rsatgan xizmatlariga yarasha martabasini oshirib borardim”.
Institu rektori prof.N.R.Barakayev institutda talaba-yoshlar bilimini juda qadrlaydi. “Isteʼdodli yoshlarni izlab topish va ularni maqsadli tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak. Ilmni, tarbiyani to‘g‘ri qilsak, hamma sohalarni malakali mutaxassislar o‘zlari rivojlantiradi”, degan edi yurtboshimiz. Aslida ham bilimli inson ilm¬ning qadrini, olimning qadrini yaxshi biladi. Agar davlat rahbarining keyingi yillarda maʼrifat, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida imzolagan qonun, Farmon va qarorlari, ilgari surayotgan ezgu tashabbuslarining mag‘zini to‘la chaqib ko‘rsak, O‘zbekistonda yangi Maʼrifat Renessansiga mustahkam tamal toshi qo‘yilayotganini anglaysiz – deydi institut rektori. Ayniqsa, ilm ahliga qarati¬layotgan eʼtibor va rag‘batning bosqichma-¬bosqich oshirib borilayotgani poy¬devorning yanada pishiq bo‘lishiga ¬ishoradir. Nazarimda deydi Nusratillo Rajabovich aslida ham bilimli inson ilm¬ning qadrini, olimning qadrini yaxshi biladi. Agar yurtboshimizning keyingi yillarda maʼrifat, taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lida imzolagan Qonun, Farmon va Qarorlarida, ilgari surayotgan ezgu tashabbuslarining mag‘zini to‘la chaqib ko‘rsak, O‘zbekistonda yangi Maʼrifat Renessansiga mustahkam tamal toshi qo‘yilayotganini anglaysiz.
Ayniqsa, ilm ahliga qaratilayotgan eʼtibor va rag‘batning bosqichma-bosqich oshirib borilayotgani poydevorning yanada pishiq bo‘lishiga ishoradir.
Zero, Avloniy bobomiz taʼkidlaganidek: “Taʼlim-tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”. Bu yondashuv har qanday zamon va makonda ham tarbiya masalasiga dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralganini ko‘rsatadi.Shuni alohida taʼkidlash joizki bugunga kelib, rivojlangan va demokratik davlatlarda ham yoshlar tarbiyasi masalasi kun tartibidagi muhim vazifalardan biriga aylandi.
Bu borada barcha davlat va jamiyatlar yana o‘zlarining milliy qadriyatlariga murojaat qilmoqdalar. Ana shularni eʼtiborga olgan holda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida tarbiya va taʼlim masalasiga ustuvor masala sifatida eʼtibor qaratilgani barchamizni behad quvontiradi.
Institut rektori Nusratillo Rajabovich ish faoliyati davomida ilmga bo‘lgan eʼtibori, yoshlar masalasida juda jiddiy va talabchan rahbar.
Shuni inobatga olib, mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yuksak maʼnaviyatli, chuqur bilim va tafakkurga ega bo‘lgan, ertangi kunga komil ishonch bilan qaray oladigan, milliy manfaatlarimizni himoya qilishga qodir, sog‘liqni saqlash tizimida munosib o‘rniga ega bo‘lgan, raqobatbardosh, mamlakat va xalq taqdiri uchun masʼuliyatni yurakdan his etadigan, ongida vatanparvarlik tuyg‘usi rivojlangan ilmiy, ilmiy-texnik hamda ilmiypedagog kadrlarni tarbiyalab yetishtirish yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘zining muqaddas burchi deb bilgan institut jamoasi tomonidan birgina 2019-2021 o‘quv yilida amalga oshirilgan o‘quv, ilmiy, tashkiliy-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, oliygohning xalqaro sohadagi aloqalari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik:
Birinchidan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati o‘tgan 2018-2019 o‘quv yilidagi 28 foizga ko‘rsatkichidan 2020 yil iyul oyida 41,2 foizga ga, 2021 yilda taxminan 50 foizga ko‘tarildi;
Ikkinchidan, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan institut ichki tartib qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qaʼtiy rioya qilish nazorati kuchaytirildi. Bunda prorektorlar, dekan, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlarining maʼsuliyati yanada oshirildi;
Uchinchidan, 2019-2020 o‘quv yilida 32 ta yangi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va 15 ta yangi magistratura mutaxassisliklari ochildi;
To‘rtinchidan, 2020-2021 o‘quv yili boshida institut elektron o‘quv platformasi yaratildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan 487 ta fanlardan o‘quv-uslubiy materiallari ushbu platformaga joylashtirildi;
Beshinchidan, institut bilan 57 ta chet el oliy taʼlim muassasalari (Rossiya, Belarus Respublikasi, Janubiy Koreya, Angliya, Xitoy va boshqalar) bilan aloqalar o‘rnatildi;
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *
Fikrlar
Hozircha fikrlar yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!