IMG-LOGO
Bosh sahifa Buxoro Yangiliklari Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroda
Buxoro Yangiliklari

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroda uchrashdilar!

2026-04-12 1 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy kuy-qoʻshiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. 

Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokara oʻtkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.



Izoh qoldiring

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *

Fikrlar

Hozircha fikrlar yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!