30.12.2021
Istiqlolning orombaxsh shabadalari keza boshlashi bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yildan viloyatlardagi bir qator pedagogika institutlarini universitetga aylantirib, xalq iqtisodiyotining turli tarmoqlari bo’yicha keng qamrovli bilimga ega oliy malakali mutaxassislarni tayyorlab etishtirish tashabbusi bilan chiqdi. Shunga ko’ra, 1992 yilning 15 martidan Buxoro pedagogika institutiga ham universitet maqomi berilib, uning imkoniyatlari yanada kengaydi. Ko’p yillik an’analariga ega ko’hna bu ilm dargohi oldida yangi istiqbollar eshik ochdi.
Istiqlol yillarida qadimdan Sharqda dong qozongan Buxoroyi sharifning o’sha Forjaq, Arbiya, Ulug’bek, Mir Arab, Abdullaxon, Abdulazizxon, Ko’kaldosh, Nodir Devonbegi va boshqa o’nlab o’quv yurtlarining asrlar davomida to’plagan ilg’or an’analari qayta tiklanib, shu shuhratli an’analar vorisi, davomchisi sifatida Buxoro davlat universiteti hozirgi jahon tamadduniga mos shakllanish va rivojlanish jarayoniga tobora chuqurroq kirisha boshladi.
Universitet 1990-1991 va 2014-2015 o’quv yillarida
| 1990-1991 o’quv yilida | 2014-2015 o’quv yilida | 25 yil ichida |
Talabalar soni | 3200 | 6246 | 266246 |
Yo’nalishlar soni | 16 | 35 | 35 |
Mutaxassisliklar soni |
| 14 | 26 |
Ixtisosliklar soni | 3 | 21 | 21 |
Kafedralar soni | 26 | 26 | 26 |
Professor-o’qituvchilar soni | 300 | 467 | 747 |
Darsliklar soni | 2 | 7 | 67 |
O’quv qo’llanmalar soni | 8 | 16 | 337 |
Davriy ilmiy matbuot | 1 | 4 | 4 |
Kompyuterlar soni | 52 | 500 | 655 |
Elektron kutubxona fondi | 250000 | 1.000.000 ziyod | 13.000 000 ziyod |
Internetga ulangan kompyuterlar soni |
| 150 | 300 ga yaqin |
| 1990-1991 o’quv yilida | 2014-2015 o’quv yilida | 25 yil ichida |
Fan doktorlari, professorlar soni | 16 | 17 | 48 |
Fan nomzodlari, dosentlar soni | 145 | 131 | 228 |
Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchi ixtisosligi soni | 3 | 21 | 21 |
STI (aspirantlar) soni | 9 | - | 210 |
Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar (KIXI) soni | 0 | 19 | 22 |
Nomzodlik dissertasiyasi himoyasi | 6 | - | 201 |
Doktorlik himoyasi | 1 | - | 26 |
| 1990-1991 o’quv yilida | 2014-2015 o’quv yilida | 25 yil ichida |
Fundamental | 2 | 5 | 11 |
Amaliy | 2 | 7 | 18 |
Innovasion |
| 1 | 3 |
Yoshlar granti |
| 1 | 2 |
Xo’jalik shartnomalari | 12 | 42 | 310 |
Chet el grantlari: |
| 2 | 7 |
| 1990-1991 o’quv yilida | 2014-2015 o’quv yilida | 25 yil ichida |
O’zR FA ITI | 3 | 4 | 21 |
O’zR OO’Yu | 3 | 6 | 29 |
Chet el nufuzli OO’Yu | 2 | 4 | 21 |
Innovasion korporativ hamkorlik | 2 | 41 | 41 |
Ilmiy markazlar | – | 6 | 8 |
Ilmiy salohiyat | 32% | 48% | 16% o’sish |
Olimpiada g’oliblari soni | 3 | 5 | 135 |
| 1990-1991 o’quv yilida | 2014-2015 o’quv yilida | 25 yil ichida |
Prezident |
|
| 5 |
Navoiy |
| 2 | 28 |
Ulug’bek |
| 1 | 27 |
Monografiyalar | 6 | 15 | 205 |
Patentlar (olingan) | 1 | 6 | 38 |
| 1990-1991 o’quv yilida | 2014-2015 o’quv yilida | 25 yil ichida |
Jahon chempionlari | 1 | 4 | 4 |
Olimpiada chempionlari |
| 1 | 1 |
Osiyo chempioni |
| 1 | 6 |
Respublika chempionlari | 2 | 8 | 38 |
Xalqaro musobaqalar g’olibi | 2 | 6 | 21 |
Universitet olimlarining salmoqli xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib, qator faxrli unvon va mukofotlarga sazovor bo’lishdi. Jumladan, o’z ilmiy g’oyalari va fidoyiligi bilan nafaqat respublikamiz, balki jahon ilm-faniga ham munosib hissa qo’sha olgan, dargohimizda bir necha yillardan beri sidqidildan xizmat qilib kelayotgan taniqli olim H.G’.Ne’matov 1996 yilda “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi”, 2010 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi. Shuningdek, kimyo fanlari nomzodi, dosent M.S.Sharipov, A.R.Hafizov, H.A.To’rayevlar “Shuhrat” medali bilan, A.M.Kadirov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, iqtisod fanlari nomzodi A.T.Jo’rayev “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan mukofotlandilar.
Mustaqillikning dastlabki yillarida bakalavr akademik darajali mutaxassislar tayyorlashning 34 yangi yo’nalishi, magistrlar tayyorlashning 22 ixtisosligi yo’lga qo’yildi. Shu ixtisosliklarni bitirib chiqqan ko’plab magistrlar Buxoro davlat universitetida ilmiy va pedagogik faoliyatini davom ettirish uchun ishda qoldirildi. Hozirgacha BuxDU magistrlaridan 20 nafarga yaqini fan nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo’lishdi. Bular qatorida kimyo fanlari nomzodlari M.Sharipov, S.Nazarov, pedagogika fanlari nomzodlari H.Jo’raev, B.Ma’murov, iqtisod fanlari nomzodlari A.Jo’rayev, F.Rahmatullaeva, N.Ibragimov, fizika-matematika fanlari nomzodi M.Sharipov, texnika fanlari nomzodlari K.Samiev, Jobir Ahadov, Jasur Ahadov, Erkin Niyozov, O’.To’raeva, filologiya fanlari nomzodi N.Shirinova, biologiya fanlari nomzodi S.Xujjiev va boshqalarning nomini sanab o’tish mumkin. Ayni paytda ularning aksariyati doktorlik dissertasiyasi ustida ish olib bormoqdalar.
Fan, texnika, pedagogika va iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo’yicha jamoamizning ilmiy-amaliy yutuqlari, respublikamiz mustaqilligini mustahkamlashda, uning dovrug’ini jahonga yoyishda faol ishtiroki va erishgan muvaffaqiyatlari asosida, avvalo, unda tashkil topgan ilmiy maktablarning an’ana va tajribalari yotadi. Hozirgi paytda mamlakatimizda milliy qadriyatlar asosida tubdan yangilangan va zamonaviylashtirilgan ta’lim tizimini yo’lga qo’yish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga keng tadbiq etgan holda xalq iqtisodiyotini mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqishda universitetimizda faoliyat yuritayotgan kimyogar, fizik-matematik, geliotexnik, biolog, iqtisodchi, filolog, tarixchi va pedagog-didaktlarning ham o’rni katta bo’lmoqda. Ularning respublika miqyosida amaliyotga tatbiq etilayotgan ilmiy ishlari salmog’i kattadir. Jumladan, fizik olimlardan Buxoro davlat universiteti birinchi rektori (1992-2005), akademik K.M. Muqimovning, professor D.R. Jo’raevning rahbarligida bajarilayotgan fizikaning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ishlari bu borada e’tiborlidir. Shuningdek, Buxoroda geliotexnika ilmiy maktabining yaratilishida professorlardan B.Ochilov, Yu.N.Yoqubov, S.Q.Qahhorov, Sh.M.Mirzaev, T.D.Jo’raevlarning ilmiy-tadqiqot va kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarini alohida qayd qilish lozim.
Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *
Fikrlar
Hozircha fikrlar yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!