IMG-LOGO
Bosh sahifa Biznes Forumlar ECOSOC — BMTning Yoshlar Forumi
Biznes Forumlar

ECOSOC — BMTning Yoshlar Forumi

2025-04-14 11 0

🇺🇸Bugungi kunda xalqaro siyosiy jarayonlarda yoshlarning ishtiroki asosiy zaruratga aylangan. “ECOSOC Youth Forum (https://ecosoc.un.org/en/what-we-do/ecosoc-youth-forum/about-youth-forum/ecosoc-youth-forum-2025)” esa aynan mana shu ishtirokni rasmiy darajaga olib chiqadigan eng muhim maydonlardan biridir. Forum davomida ilgari surilgan tavsiyalar BMTdagi boshqa yirik siyosiy jarayonlar, xususan, High-Level Political Forum (https://hlpf.un.org/) va World Social Summit (https://www.un.org/en/desa/un-hold-second-world-summit-social-development-2025)ga yo‘naltiriladi.

Dunyo yoshlarining kelajagi haqida muhim qarorlar muhokama qilinadigan ushbu nufuzli forum har yili BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur forum yoshlarni barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) doirasida faol ishtirok etishga undaydi.

Forumning asosiy maqsadi — yoshlarning 2030-yilgacha dunyoni yaxshilashga qaratilgan rejalar (ya’ni Barqaror Rivojlanish Maqsadlari) bo‘yicha o‘z fikr va g‘oyalarini xalqaro miqyosda bildirishlari hamda BMT qarorlariga ta’sir ko‘rsatishi uchun imkoniyat yaratishdir.

Eslatib o‘tamiz (https://t.me/yoshlaragentligi/13104), joriy yil mazkur forumda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi. Forumda mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida taqdimotlar o‘tkaziladi.

🇺🇿O‘zbekiston delegatsiyasi 2018-yildan beri mazkur forumda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Bu esa davlatimiz rahbarining yoshlarga bo‘lgan e’tibori, mamlakatimizning xalqaro miqyosda tan olinayotgani va jahon hamjamiyatidagi nufuzining ortib borayotganidan darak beradi.


Видео превью

Izoh qoldiring

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi. Majburiy maydonlar belgilangan *

Fikrlar

Hozircha fikrlar yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!